Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş markazi, IT Park hamda Toşkent davlat yuridik universiteti hamkorligida birinçi LexHackathon huquqiy yeçimlar xakatoni ötkaziladi.
LexHackathon — huquqşunoslar, dasturçilar, sun'iy intellekt mutaxassislari, dizaynerlar va tadbirkorlarni birlaştirib, huquq sohasidagi dolzarb muammolarga amaliy raqamli yeçimlar yaratişga qaratilgan uç kunlik jamoaviy xakaton.
Xakaton yönalişlari
Iştirokçilar quyidagi yönalişlardan birini tanlaydi:
Huquqiy xizmatlarni körsatiş
Aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun huquqiy xizmatlarning qulayligi, tezkorligi va sifatini oşiradigan raqamli yeçimlar.
Sun'iy intellekt
Huquqiy axborot va hujjatlarni tahlil qiliş, iş jarayonlarini avtomatlaştiriş hamda mutaxassislar qaror qabul qilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan sun'iy intellekt yeçimlari.
Xakatonning birinçi kuni taşkilotçilar tomonidan har bir yönaliş böyiça amaliy muammolar taqdim etiladi. Jamoalar tanlangan muammo asosida işlaydigan prototip işlab çiqadi.
Muhim sanalar
- Arizalar qabuli
- 2026-yil 29-oktabr – 9-noyabr
- Saralaş natijalari
- alohida e'lon qilinadi
- Xakaton
- 2026-yil 13–15-noyabr
- Ötkaziliş joyi
- Toşkent davlat yuridik universiteti ↗
- Format
- oflayn
Saralaşdan ötgan jamoalarga röyxatdan ötişda körsatilgan aloqa vositalari orqali xabar yuboriladi.
Kimlar iştirok etişi mumkin
Xakatonda 16 yoşga tölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari — huquqşunoslar, mediatorlar, dasturçilar, ma'lumotlar tahlilçilari, dizaynerlar, tadbirkorlar, talabalar va boşqa qiziquvçi mutaxassislar iştirok etişi mumkin.
Jamoa 3–5 nafar iştirokçidan iborat bölişi va uning tarkibida kamida bir nafar huquqşunos yoki yuridik yönalişda tahsil olayotgan talaba bölişi lozim.
Yakka tartibda röyxatdan ötgan iştirokçilarga jamoa şakllantirişda taşkiliy kömak beriladi.
Iştirok etiş bepul. Iştirokçilarning Toşkent şahriga keliş, yaşaş va boşqa şaxsiy xarajatlari öz hisobidan qoplanadi.
Ğoliblarni qöllab-quvvatlaş
Har bir yönaliş böyiça birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlar aniqlanadi.
Ğolib loyihalarni inkubatsiya qiliş va rivojlantiriş uçun quyidagi miqdorlarda maqsadli moliyaviy kömak nazarda tutiladi:
Moliyaviy kömak Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining tölov kunidagi kursi böyiça milliy valyutada ajratiladi.
Şuningdek, ğolib jamoalarga loyihani rivojlantiriş doirasida quyidagi imkoniyatlar taqdim etilişi mumkin:
- inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida iştirok etiş
- mentorlar va soha ekspertlaridan maslahat oliş
- zarur infratuzilmadan foydalaniş
- loyiha ustida işlaş uçun ofis maydonidan foydalaniş
- yeçimni sinovdan ötkaziş va ehtimoliy hamkorlarga taqdim etiş
- belgilangan tartibda IT Park rezidenti maqomini oliş böyiça kömak oliş
Moliyalaştiriş şakli, mablağlardan maqsadli foydalaniş, inkubatsiya dasturi, infratuzilma va ofis maydonidan foydalaniş şartlari, hajmi hamda muddatlari har bir ğolib loyiha bilan tuziladigan alohida kelişuvda belgilanadi.
Iştirokçilarga yaratiladigan şaroitlar
Xakaton davomida iştirokçilar uçun quyidagilar taqdim etiladi:
- işlaş uçun joy va internet tarmoği
- huquq, texnologiya va biznes yönalişidagi mentorlar kömagi
- tuşlik va kofe-breyklar
- yakuniy taqdimotda loyihani ekspertlar va hamkor taşkilotlarga namoyiş etiş imkoniyati
Xakatonda yaratilgan dasturiy kod, dizayn va konsepsiyalarga bölgan mualliflik hamda mutlaq huquqlar ularni yaratgan jamoa a'zolarida saqlanib qoladi.
Ariza topşiriş
Arizalar 2026-yil 29-oktabrdan 9-noyabrgaça xakatonning rasmiy platformasi orqali elektron şaklda qabul qilinadi.
Xakatonda röyxatdan ötiş iştirokçining xakaton Nizomi va unda belgilangan iştirok etiş şartlariga roziligini anglatadi.
LexHackathon — huquqiy muammoni işlaydigan raqamli yeçimga aylantiriş imkoniyati.




