LexLab

LexHackathon huquqiy yeçimlar xakatoni

Huquqiy muammo.
Raqamli yeçim.

LegalTech yönalişida 3 kunlik xakaton — ğoyadan işlaydigan prototipgaça.

  • Adliya vazirligi
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi
  • Toşkent davlat yuridik universiteti
  • IT Park Uzbekistan
  • AI Alliance
LexHackathonBilet
№ 2026
13–15
noyabr 2026
Toşkent · TDYU binosi
Moliyalaştiriş
48 000 $
Davomiyligi
3 kun
01 · Haqida

Ğoyadan işlaydigan prototipgaça — uç kunda

LexHackathon — huquqşunoslar, dasturçilar, sun'iy intellekt mutaxassislari, dizaynerlar va tadbirkorlarni birlaştirib, huquq sohasidagi dolzarb muammolarga amaliy raqamli yeçimlar yaratişga qaratilgan uç kunlik jamoaviy xakaton.

3
kun
48 000 $
moliyalaştiriş
3–5
kişilik jamoa
Kimlar qatnaşa oladi
  • 16+ yoş
  • Özbekiston fuqarosi
  • 3–5 kişilik jamoa
  • Jamoada kamida bir nafar huquqşunos yoki yuridik talaba
  • Iştirok bepul
02 · Yönaliş

Ikki yönaliş

Iştirokçilar quyidagi yönalişlardan birini tanlaydi.

Huquqiy xizmatlarni körsatiş

Aholi va tadbirkorlik subyektlari uçun huquqiy xizmatlarning qulayligi, tezkorligi va sifatini oşiradigan raqamli yeçimlar.

Sun'iy intellekt

Huquqiy axborot va hujjatlarni tahlil qiliş, iş jarayonlarini avtomatlaştiriş hamda mutaxassislar qaror qabul qilişini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan sun'iy intellekt yeçimlari.

03 · Sanalar

Muhim sanalar

  1. 29-oktabr – 9-noyabr
    Ariza topşiring
  2. Alohida e'lon qilinadi
    Saralaş natijalari
  3. 13-noyabr
    1-kun · Start
  4. 14-noyabr
    2-kun · Çekpoint
  5. 15-noyabr
    3-kun · Final
  6. Keyin
    Loyihani rivojlantiriş
04 · Qöllab-quvvatlaş

Loyihalarni rivojlantiriş uçun moliyalaştiriş

48 000 $

Har bir yönalişda alohida: 1-, 2- va 3-örin. Mablağ ğolib loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari doirasida rivojlantirişga yönaltiriladi.

2-örin8 000 $
1-örin10 000 $
3-örin6 000 $
05 · Savollar

Köp söraladigan savollar

Iştirok pullikmi?

Yöq. Xakatonda iştirok etiş ixtiyoriy va bepul. Faqat turar joy va transport xarajatlari iştirokçilar hisobidan; iş joyi, Wi-Fi, tuşlik va kofe-breykni taşkilotçilar ta'minlaydi.

Yakka özim röyxatdan ötsam böladimi?

Ha. Yakka röyxatdan ötganlarga taşkiliy qömita jamoa tuzişda kömaklaşadi, lekin xakaton boşlanguniga qadar siz 3–5 kişilik jamoaga birlaşgan bölişingiz lozim.

Jamoada huquqşunos şartmi?

Ha. Jamoa tarkibida kamida bir nafar huquqşunos yoki yuridik yönalişda tahsil olayotgan talaba bölişi lozim.

Bir neça jamoada qatnaşa olamanmi?

Yöq. Bir iştirokçi faqat bitta jamoa tarkibida qatnaşa oladi.

Tayyor mahsulotim bölişi şartmi?

Yöq. Tayyor mahsulotga ega böliş majburiy emas — prototip xakaton davomida yaratiladi. Xakatongaça yaratilgan işlanmalar bölsa, buni hakamlar hay'atiga ma'lum qilasiz.

Mualliflik huquqi kimda qoladi?

Xakatonda yaratilgan dasturiy kod, dizayn va konsepsiyalarga bölgan mualliflik hamda mutlaq huquqlar ularni yaratgan jamoa a'zolarida saqlanib qoladi.

Jamoangizni yiğing va ariza topşiring.

Arizalar 29-oktabr – 9-noyabr kunlari qabul qilinadi.